3 ta jamoa. 6 oy. Sahifani 4–5 kishi ko‘radi.
Bugun bir do‘kon egasi bilan gaplashdik. 6 oyda 3 ta marketing jamoasi bilan ishlashgan, lekin birortasi ishni oxiriga yetkazmagan.
Do‘kon tabobat mahsulotlarini sotadi, ochilganiga olti oy bo‘ldi. Shu vaqt ichida uchta marketing jamoasi kelib-ketdi: o‘rtada muammolar chiqdi, ish yakunlanmadi. Hozir sahifani kuniga 4–5 kishi ko‘radi. Egalari esa uch narsani xohlaydi:
- Har kuni kamida ma’lum miqdorda savdo bo‘lib tursin
- Do‘kon taniqli bo‘lsin
- B2B savdo ko‘tarilsin
Uchalasi ham to‘g‘ri istak. Lekin uchalasining poydevori bitta — auditoriya. Muammo jamoalarda emas, tartibda: do‘kon ochildi, auditoriya esa keyin qidirildi. CB Insights 101 ta yopilgan startapni o‘rgangan: 42 foizining asosiy sababi “bozorda ehtiyoj yo‘q” bo‘lgan. Hozir shu do‘kon uchun bir oylik kontent reja, xarajatlar va har bir xarajat qanday qiymat berishini hisoblab tayyorlayapmiz.
Biz ham o‘zimizdan boshladik: O‘sish Nuqtasi sahifasida birinchi videomiz chiqdi. Podkastlarning eng foydali qismlarini qirqib, qayta montaj qilib joylayapmiz. Noldan auditoriya qanday yig‘ilishini kuzatmoqchi bo‘lsangiz — @osish.nuqtasi.
Auditoriyasiz marketing ishlamaydi.
Bepul 15 daqiqalik suhbat →