Har postni Telegram va Instagram’ga alohida joylashdan charchadingizmi?
Ekspert yoki biznes egasi post yozadi, keyin uni Telegram’ga, Instagram’ga va story’larga birma-bir qo‘yib chiqadi. Har safar rasmni moslash, havolani qo‘shish, qulay vaqtni kutish kerak. Oxiri vaqt topilmay qoladi va sahifa haftalab jim turadi. Jim sahifaga esa mijoz ishonmaydi.
O‘z saytimga shunday tizim qurdik: postni bir marta saytga yozaman, qolganini tizim o‘zi qiladi. Telegram va Instagram uchun tik story rasmini tayyorlaydi va navbat bilan o‘zi joylaydi. Telegram story’sidagi "To‘liq o‘qish" tugmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri saytdagi postni ochadi.
17-oktabrda ishga tushirdik. Ertasi kuni ertalab birinchi story’lar Telegram va Instagram’ga o‘zi chiqdi, men birontasini qo‘lda joylamadim. Endi vaqtim post joylashga emas, ishning o‘ziga ketadi. Sizning saytingiz va sahifalaringizga ham shunday tizim qurib beramiz.