Jahongir
← AI sotuvchi papkasi
17-oktabr, 2026· AI sotuvchi· O'qitish

AI noto'g'ri odamga yozsa, obro'yingiz ketadi. Biz buni qanday oldini oldik

AI noto'g'ri odamga yozsa, obro'yingiz ketadi. Biz buni qanday oldini oldik — storyboard
Muammo

AI sotuvchining eng katta xavfi: u raqobatchingizga yoki o'z xizmatini sotayotgan odamga ham "xizmatimiz kerakmi?" deb yozib yuborishi. Bunday xabar sizni spamchi qilib ko'rsatadi. Bizning agentimizda ham boshida shunday holatlar bo'lgan.

Yechim

15–17-oktabr kunlari agent topgan 121 ta mijozni birma-bir ko'rib chiqdik: kimga yozish to'g'ri edi, kimga noto'g'ri. Agentni shu haqiqiy suhbatlar asosida qayta o'qitdik. Shu bilan birga har kuni shom vaqtida hisobot, yangi guruhlarni o'zi qidirish, ish e'lonlari kanallarini kuzatish, ovozli xabarlarga matn va mijozlarga eslatmalar qo'shildi.

Natija

Agent endi keraksiz odamlarni o'zi o'tkazib yuboradi, siz esa har kech nechta mijoz topilgani va nechtasi bilan gaplashilganini ko'rasiz. Agentni sizning xizmatlaringiz va qoidalaringiz bo'yicha o'qitib beramiz.

Agentni biznesimga moslab bering →
#telegram#ai#sotuv

Shunga o'xshash muammo bormi?

Telegram'da yozing va qaysi muammo ustida ishlayotganingizni ayting.

@sp_business_agencyTelegram'da yozish →