Guruhda mijoz yozadi, siz esa ko'rmay qolasizmi?

Telegram guruhlarida har kuni kimdir "SMM kerak", "sayt kerak", "mobilograf qidiryapman" deb yozadi. Lekin bu xabarlar minglab boshqa xabarlar orasida ko'milib ketadi. Siz ko'rguningizcha mijoz boshqasini topib bo'ladi. Kuzatish uchun alohida odam yollash esa qimmat. Bizda ham aynan shunday edi: 2000 kishilik guruhimizga kuniga 1000–2000 ta xabar tushardi, sotuvchimiz esa yo'q edi.
Guruhni biz o'rnimizga o'qiydigan AI agent qurdik. U har bir xabarni ko'radi va faqat ish so'rayotganlarni ajratib beradi. O'z xizmatini sotayotganlar, spam va bahslar ro'yxatga tushmaydi. Ish 27-sentabr soat 15:34 da boshlandi.
Soat 17:05 da birinchi mijoz topildi, ya'ni 1,5 soatda. 3 hafta ichida agent 300 ga yaqin mijoz topdi, bitta ham sotuvchi yollamasdan. Sizning sohangizdagi guruhlar uchun ham shunday agent qurib beramiz.